7 Iyul 2025 yil
399
Og‘ufurushning faoliyatiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 17-iyun kuni DXX viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangi Namangan tumani, “Mingchinor” mahallasida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan, fuqaro Sh.N tanishiga 300.000 so‘mga sotishga kelishib, sof og‘irligi 0,38 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasini o‘tkazish maqsadida Yangi Namangan tumani Istiqbol mahallasiga olib kelgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati