19 Iyul 2025 yil 654

Og‘ufurushning faoliyatiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 30-iyun kuni DXX viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahar, “Lola” mahallasida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Nning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, egnida bo‘lgan kiyimidan 1 bo‘lak o‘tkir hidli modda, yashash xonadoni yotoqxonasidagi divanidan 7 dona o‘simlik boshoq qismi hamda ushbu yotoqxonasi pol qismidan 1 dona elektron tarozi borligi aniqlangan.

Viloyat IIB EKMning bergan xulosasida, fuqaro N.Aning yonidan olingan moddaning og‘irligi 8,88 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi, 7 dona boshoqlarni og‘irligi 5,41 gramm “Ko‘knor somoni” ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech