18 Iyun 2025 yil 51

Og‘ufurushning faoliyatiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 28-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoridori-2025” tadbiri davomida, Namangan viloyati IIB, DXX va Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan, Yangi Namangan tumani, “Sahovat” mahallasida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, fuqaro Q.Ining yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uning yashash uyidan sof og‘irligi 24,03 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech