14 Iyun 2025 yil
599
Og‘ufurushning faoliyatiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 26-may kuni DXX Uychi tuman bo‘limi va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro A.B 234,64 gramm “Gashish” giyohvand moddasini tanishiga 2.500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uychi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati