7 Avgust 2025 yil
97
Og‘ufurushning faoliyatiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 24-iyul kuni Mingbuloq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Mingbuloq tumani “Birlashgan” mahallasida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan, fuqaro D.N. “Birlashgan” mahallasi hududida sof og‘irligi 1,51 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasini 500.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati