2 Iyul 2025 yil 121

Og‘ufurushning faoliyatiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 16-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Chortoq tumani IIB va DXX tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Chortoq tumani, “Gulshan” mahallasida yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan fuqaro N.Bning yashash uyi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yotoqxonasidagi kiyimlari orasiga yashirib qo‘yilgan 2 dona 1 litr xajmdagi idishda sof og‘irligi 175,1 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvand moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech