23 May 2025 yil 834

Og‘ufurushning faoliyatiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 13-may kuni, Uychi tumani, “Pastguzar” mahallasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Q tanishi, 1988-yilda tug‘ilgan, fuqaro Q.B bilan bir guruh bo‘lib, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish maqsadida sof og‘irligi 2.73 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvand moddasini tanishiga 1.5 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uychi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech