10 May 2025 yil
178
Og‘ufurush giyohvand modda sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi
Joriy yilning 1 may kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Mingbuloq tumani IIB xodimlari tomonidan, tumanning “Oybek” mahallasi hududida, To‘raqo‘rg‘on tumani “Bozorboshi” mahallasida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan, fuqaro T.A tanishiga 500.000 so‘m pul evaziga 1.25 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati