3 May 2025 yil
507
Og‘ufurush “Gashish” giyohvand moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi
Joriy yilning 27 aprel kuni o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Uchqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan Andijon viloyati, Izboskan tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.X “Obod” mahallasi hududida shartli xaridorga 2,14 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi O‘zbekiston Respublikasi JPK 221-moddasi tartibida ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati