2 Iyul 2025 yil 111

Og‘u sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 19-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangi Namangan tumani, “Sihatgox” mahallasida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.I Namangan tumani, “Katta Toshbuloq” mahallasi hududida tanishiga 2.200.000 so‘m pul evaziga sof og‘irligi 3,45 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech