10 Oktyabr 2020 yil 534

Ot narxi ustidagi kelishmovchilik og‘ir jaroxat bilan yakun topdi.

2020 yil 9 oktyabr' kuni soat 19:30 larda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, oilali, 3 nafar farzandi bor, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro, yashash uyi oldida qo‘shnisi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, oilali, 6 nafar farzandi bor, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan ot narxini baxolashda kelishmovchilikka borib, o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan o‘ng ko‘krak sohasiga urgan.

Natijada, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotnomasida, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ng tomon ko‘krak qovurg‘alarini sinib siljishi, gemopnevmotoroks jarohatlar aniqlangan bo‘lib, ushbu jarohatlar og‘ir tan jarohati toifasiga kirishligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech