Osoyishtalik posbonlari munosib taqdirlandilar.
25-oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni. Osoyishtalik posbonlarining mehnatini har qancha e'tirof etsak oz. Boisi ular kunda ham tunda ham goh avtomobil' qatnov yo‘llarida, goh mahalla va ko‘p qavatli uylar atrofida aholi xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlashdek yuksak mas'uliyatli vazifani zimmalariga olishgan. Ana shunday fidokor, kasbiga sadoqatli hodimlarning bir guruhi sana munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya qo‘mondonligi va Namangan viloyat hokimligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Dastlab Ichki ishlar vazirligi va xududiy boshqarmalar rahbar hamda shaxsiy tarkibi ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda general leytenant Po‘lat Bobojonov prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng viloyat xokimi va hamkor idora rahbarlari ishtirokida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Viloyat xokimi va boshqarma boshlig‘i tomonidan xodimlarga samimiy bayram tabrigi yo‘llanib yurt tinchligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish borsidagi samarali mehnatlari koronavirus pandemiyasi sabab kasallik yuqtirib olgan bemorlarni davolashda ko‘maklashish ularga yuksak e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ishlariga munosib xissa qo‘shib kelayotganliklari o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun viloyatning jonkuyar xodimlari rag‘batlantirildi.
Milliy gvardiya qo‘mondonligi va Ichki ishlar vazirligi xodim hamda harbiylarining osuda kunlarimizda xissasi katta, ularning hamkorliklari bois mamlakatimizda farovon hayot hukm surmoqda. Bayram munosabati bilan milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan viloyat IIB bir gurux xodimlariga maxsus esdalik qo‘l soatlari taqdim etildi.
Har bir xodimning qasamyodiga sadoqati uning benuqson xizmat olib borishiga asos bo‘ladi. Bayram munosabati bilan hamkasblariga va yosh xodimlarga o‘rnak hamda namuna bo‘lib kelayotgan 10 nafar fidoyilar vazirlikning ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun 1-2-3-darajli ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.
Bu kabi rag‘batlantirish va e'tirof chindan ham har bir xodimning o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini oshirib vatan tinchligi el osoyishtligi uchun kun-u tun g‘urur va fahr bilan xizmat olib borishga undaydi. Fursatdan foydalanib Namangan viloyati IIB Axborot xizmati jamosi Namangan viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan barcha Ichki ishlar organlari xodimlarini bayram bilan samimiy muborakbod etadi. Xalqqa xizmat qilishdek sharafli ishingizda aslo charchamang.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati