Oshxonada tashkil etilgan qimorxona faoliyatiga yakun yasaldi.
Joriy yil 21 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Uychi tuman IIB HPB profilaktika inspektori tumandagi Fayziobod MFYda yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ijara shartnomasiga asosan ishlatayotgan “Umumiy ovqatlanish” oshxonasida 5 nafar fuqarolarni o‘rtaga pul tikib, qimor o‘yini o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berib, ular bilan birga tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yini o‘ynayotganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axboot xizmati