24 Dekabr 2020 yil 463

Oshxona va tomorqada "Marixuana" topildi.

2020 yil 12 dekabr' kuni o‘tkazilayotgan “Chegara-tozalash” tadbiri davomida, Pop tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan, Pop tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, oshxonasidan qog‘oz parchasiga o‘ralgan nam holda maydalangan va tomorqasida mato parchasiga o‘ralgan o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, qog‘oz parchasiga o‘ralgan moddaning sof og‘irligi 9,35 gramm, matoga o‘ralgan moddaning sof og‘irligi 206,01 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvand moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 22 dekabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech