30 Iyun 2025 yil 219

Qoramol o‘g‘rilari ushlandi

Joriy yilning 11-iyun kuni Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 4-iyun kuniga o‘tar kechasi, Chortoq tumani, “Soz-soy” mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Sning mahallasi hududidagi dala maydonidan narxi 10.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketgan shaxslar, Chortoq tumanida yashovchi fuqarolar 1998-yilda tug‘ilgan M.N va 2003-yilda tug‘ilgan N.U ekanliklari aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech