30 May 2025 yil
877
“Qoradori-2025” tadbirlari davomida fuqaroning yonidan “gashish” aniqlandi
Joriy yilning 19-may kuni “Qoradori-2025” tezkor tadbiri davomida, Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan, Yangi Namangan tumani, “Istiqbol” mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan, fuqaro D.V Namangan shahar, “Boburshoh” mahallasi hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida, uning yonidan sof og‘irligi 0,29 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati