26 Iyun 2021 yil 671

O‘quvchi – yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ichki ishlar, xalq ta'imi boshqarmalari,  Yoshlar ishlari agentligi  rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Uychi, Uchqo‘rg‘on, Norin tumanlaridagi umumta'lim maktablarining 302 nafar direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qatnashdilar.

Unda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish,  ularning bo‘sh vaqtlarini  kasb-hunar sirlarini o‘rganish bilan  band etish, o‘zlari qiziqqan sohadagi bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va shu orqali turli ko‘ngilsizlaiklarni oldini olish kabi masalalarga qaratildi.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarga to‘xtalinib, sabablari tahlil qilindi. Bu borada maktab direktorlarining savollari, taklif va mulohazalari tinglandi.

Kunning ikkinchi yarmida  Yangiqo‘rg‘on tumanidagi madaniyat markazida Yangiqo‘rg‘on,  Chortoq tumanlarining jami 250 nafar pedagoglari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Adil Ataxodjaev hamda xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i  Rustamjon Israilov  yoshlarning puxta bilim egallashlari, istiqbolda o‘z salohiyat va tafakkurlari bilan yuksak marralarni zabt etishlarida olib boriladigan hamkorlik masalalari xususida to‘xtalib, mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilandi.

 

Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech