18 Dekabr 2021 yil 416

O‘quvchi o‘z maktabida o‘g‘irlik sodir etdi

Shu yil 16 dekabr'  kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:30 larda noma'lum shaxs, o‘zi ishlovchi maktab oshxonasidagi stol ustida qarovsiz qoldirgan narxi 1.100.000 so‘mlik “Samsung-A10” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB xodimi va Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surushtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 dekabr' kuni  O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech