O‘quvchi do‘kon oynalarini sindirib pul va boshqa mahsulotlarni o‘g‘irladi
2021 yil 24 noyabr kuni, Chust tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs oziq-ovqat do‘koniga eshik oynasini sindirib kirib, rastasida bo‘lgan umumiy narxi 421.000 so‘mlik tamaki mahsulotlari, salqin ichimliklar, kolbasa mahsulotlari hamda 150.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari, HPMB profilaktika inspektori va EKG ekspertlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 noyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati