1 Aprel 2021 yil 589

O‘quv yig‘inining to‘rtinchi kuni tafsilotlari

Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 15 martdagi 52-son Farmoyishiga asosan, Namangan viloyati IIBning sohaviy xizmatlari hamda shahar va tuman IIBlari shaxsiy tarkibi ishtirokida, viloyat hududida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning sifat jihatidan yangi mexanizmini joriy etish, shaxsiy tarkibning ish samaradorligini oshirish maqsadida Patrul'-post xizmat batal'onida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.
Bugungi o‘tkazilgan nazariy o‘quv mashg‘ulotlari doirasida, o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarida ma'naviy-ma'rifiy ko‘nikmalarini yanada shakllantirish, viloyatimiz tarixi bilan bog‘liq arxeologik, etnografik eksponatlar hamda madaniy yodgorliklar bilan tanishib, tarixiy bilimlarini oshirish bilan birga madaniy hordiq olishlari uchun, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi

Text to speech