O‘qituvchini tunagan talonchilar 1 sutkada qo‘lga olindi.
Joriy yil 25 sentyabr' kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 25 sentyabr' kuni soat 01:00 larda Yangiqo‘rg‘on tuman Qandiyon MFY xududidan o‘tuvchi “Iskovot-Kosonsoy” avtomabil yo‘lida o‘ziga tegishli bo‘lgan Neksiya-3 rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotganda, to‘rt nafar noma'lum shaxslar Samara rusumli avtomashinada fuqaroni avtomobilini quvib o‘tib to‘xatishgani va uni avtomashinadan tushirib, unga xayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, narxi 1.000.000 so‘mlik “Red Mi” rusumli telefon apparati va 1.000.000 so‘m pullarini ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan olib voqea joyidan ketib yuborganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB hamda tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumnida yashovchi 4 nafar yigitlar sodir etganligi aniqlandi.
Ularga tegishli bo‘lgan Samara rusumli avtomashina vaqtincha ushlab turish uchun tuman IIB binosiga qo‘yildi, gumon qilinuvchilardan 180.000 so‘m pul “Red Mi” rusumli uyali aloqa telefon apparati ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati