O‘qituvchi stol ustida qoldirilgan telefonni o‘g‘irladi.
Joriy yil 18 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning dekabr' oyida maktabning kutubxonasidagi stol ustida turgan narxi 1.400.000 so‘mlik “SAMSUNG-10S” rusumli telefon apparatini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, Namangan shahridagi maktab o‘qituvchisi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati