8 Aprel 2022 yil 420

O‘qishni ko‘chirib o‘tkazish uchun ajratilgan pullar shaxsiy ehtiyojga ishladi.

2022 yil 26 mart kuni Chortoq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil oktyabr oyida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol uni ishonchiga kirib, o‘zi va singlisini O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim vazirligida ishlovchi tanishlari orqali Qirg‘iziston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasidan o‘qishini gaplashib, Namangan davlat universitetiga ko‘chirib berishini aytib, 31.070.000 so‘m pullarini olib, ehtiyojlarini uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech