3 Avgust 2021 yil
431
O‘qishga kiritish evaziga 2000 AQSh dollari so‘ragan fuqaroga chora ko‘rildi.
2021 yil 15 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 15 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan muhandislik qurilish institutining “Kimyoviy texnologiya” yo‘nalishining magistratura bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yishni aytib, undan 2.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, aldab kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati