5 Dekabr 2022 yil 925

Kiber jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha Turkiya tajribasi

Bugungi kunda ichki ishlar organlari surishtiruv va tergov boʻlinmalari oldida turgan asosiy vazifa – tergov sifatini oshirish, ushbu sohada malakali xodimlarni tayyorlash, ularni doimiy ravishda oʻqitish va malakasini oshirib borish, amaliyotida tez-tez duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni chuqur tahlil qilgan holda, ularni bartaraf etish boʻyicha asosli takliflar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Joriy yilning 28-noyabr kunidan 2-dekabr kuniga qadar davom etilishi koʻzda tutilgan, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun Turkiya davlatida tashkillashtirilgan kiber-jinoyatlarni oʻrganish oʻquv-seminar kursida oʻz malakalarini oshirishmoqda.

Bunday oʻquv kurslari tashkil etilishidan asosiy maqsad, tergov boʻlinmalari xodimlarini qayd etilgan kabi jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha malakalarini oshirish, birgalikdagi faoliyatlarning samaradorligini va tajriba almashishni oshirish, shuningdek, taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi oʻzaro saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻllantirilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

Text to speech