5 Dekabr 2022 yil 903

Onlayn oʻyin ortidagi oʻgʻirlik

Buxoro viloyati Peshkoʻ tumanida istiqomat qiluvchi A.G. ariza bilan murojaat qilib, arizasida telegram messenjeri orqali nomaʼlum foydalanuvchi unga aloqaga chiqib, onlayn oʻyinlardan doimiy ravishda foydalanib kelganligi uchun yutuqli mablagʻ sovrindori boʻlganligini, pullarni qabul qilib olish uchun koʻrsatilgan havolaga oʻtib pullarni olishini aytganligi, soʻng u bergan havolaga bank karta maʼlumotlarini kiritganligi, keyin esa bank kartasidagi 11.450.000 soʻm pullari nomaʼlum ravishda yechib olinganligini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni oʻzlashtirgan shaxslar kursdosh talabalar: 1998-y.t., Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi N.N., Navoiy shahrida yashovchi X.X. va Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi S.X. ekanligi aniqlangan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

Text to speech