Onasiga jarohat yetkazgan shaxsga qonuniy chora ko‘rildi.
Shu yil 26 noyabr' kuni soat 09:30 larda Namangan shahrida yashovchi fuqaro birga yashovchi onasi bilan o‘zaro janjallashib, onasini qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 2020 yil 1 dekabr' kungi xulosasida jabrlanuvchining badanida aniqlangan tan jarohatlari o‘ng yelka suyagi do‘nglararo yopiq sinishi, o‘ng tirsak va bilak suyaklari bo‘g‘imidan chiqishi, chap boldir sohasi shilingan jarohati ko‘rinishida bo‘lib, ushbu jarohatlar tashqi kuch bilan qattiq o‘tmas jism ta'sirida yetkazilgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 2 dekabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati