30 Noyabr 2024 yil 583

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur va matbuot anjumani tashkil etildi

Namangan viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbariyati tomonidan OAV vakillari hamda jurnalist, blogerlar, shuningdek, hokimlik va tashkilotlarning matbuot xizmati rahbarlari ishtirokida IIV Namangan akademik litseyida joylashgan “Jasorat” muzeyiga press-tur tashkil etildi.

Muzey xodimi tomonidan mehmonlarga IIOning tarixi va buguni to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar beruvchi ekspozitsiya hamda stendlar tanishtirib o‘tildi. Shundan so‘ng, muzeyda tashkil etilgan videozalda boshqarma Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan “Generallarni yetishtirgan diyor” nomli maxsus film yig‘ilganlarga namoyish etildi.

Namangan viloyati IIOning mustaqillikgacha va undan keyingi faoliyati bilan yaqindan tanishtiruvchi “Jasorat” muzeyi hamda maxsus filmlar press-turga tashrif buyurgan OAV vakillariga tizim haqida o‘zlarida tug‘ilgan turli savollarga javob topishlarida katta imkoniyat berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Press-tur doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurash va IIOda shaffoflikni taʼminlash” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Mazkur anjumanda jurnalistlar tergov, profilaktika va yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishlarida soha mutaxassislariga savollar bilan murojaat qilishdi. Anjumanda faqat savollar emas ish samaradorligini oshirishga doir takliflar ham bildirilib, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish, bu borada fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun hamkorlikda ish tashkil etishga kelishib olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech