Omikrondan saqlaning!
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan koronavirus infeksiyasining yangi “Omikron” shtammi ko‘plab davlatlarda keng tarqalayotganligi haqida xabar berilmoqda. Afsuski, ushbu kasallik yurtimizda ham aniqlandi. Shu boisdan ehtiyot chorasini ko‘rish, niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha aholi gavjum hududlarda targ‘ibot tadbirlariga kirishildi.
Butun dunyo aholisini tashvishga solayotgan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi tibbiyot mutaxassislarini ham xavotirga qo‘ymoqda. Kasallik esa xorijiy davlatlar orqali mamlakatimiz hududigacha yetib kelgani tashvishlanarli, albatta. Unga qarshi kurash choralari Namangan viloyatida ham muayyan tartibda amalga oshirilmoqda. Viloyat ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari, tegishli tashkilotlar hamkorligida joylarda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Koronavirusning “Omikron” shtammidan saqlanishda shaxsiy gigiena talablariga to‘liq amal qilish, ozoda yurish va niqobda bo‘lish eng asosiy omil sanaladi.
Bugun har qachongidanda xushyor bo‘lishimiz, salomatligimizga katta e'tibor qaratishimiz lozim. Boisi, har qanday virus inson hayoti uchun xavfli bo‘lib, beparvolik oqibatida turli xil ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, o‘zingiz va yaqinlaringizning salomatligiga befarq bo‘lmang!
Jurnalist: Abror Toshmatov
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati