23 Dekabr 2021 yil 405

Omborxonadagi buyumlar o‘g‘irlab ketildi

Shu yil 17 dekabr' kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 16 dekabr' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, mahallasi hududida joylashgan dala shiyponidagi omborxonasidan umumiy narxi 4.500.000 so‘mlik televizor, tyuner, motor arra, drel', bolgarka, bir sumka klyuchlar to‘plami va 3 dona quyonlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Uychi tuman IIB EKB eksperti tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida, 7 dona qo‘l barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKBda mavjud bo‘lgan shaxsni identifikasiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu qo‘l barmoq izlaridan 2 donasi, Uychi tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro O.R.ning o‘ng qo‘l bosh va ko‘rsatgich barmoqlariga mos kelganligi aniqlanib, tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni O.R. va Uychi tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A.lar sodir etilganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech