25 Sentyabr 2025 yil
                            
                                63                            
                    Omborxonadan "Gashish" giyohvandlik moddasi topildi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 20-sentyabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumani "Madaniyat" mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, xonadon omborxonasiga 9,11 gramm bo‘lgan "Gashish" giyohvandlik moddasini yashirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                    