Oliygohga o‘qishga kiritish evaziga so‘ralgan pora...
2021 yil 14 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, o‘zini Namangan muhandislik qurilish institutida o‘qituvchi bo‘lib ishlashini aytib, 1.000 AQSh dollari evaziga institut rektori orqali gaplashib, “Iqtisod” yo‘nalishining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 500 AQSh dollari berishini so‘rayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Shu kuni viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahrida arizachidan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati