Olib qochilgan avtoulov soz xolatda topildi.
Joriy yilning 29 iyun' kuni soat 16:30 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:00 dan soat 16:40 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvidagi Neksiya-2 rusumli avtomashinasini Namangan shahar ko‘chasida kalitini o‘zida va oynalari ochiq holatda qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashinasini olib qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, avtomashina Namangan shahar Bog‘ MFY hududida joylashgan “G‘irvon bozori” hududidan texnik soz holda topilgan.
Namangan viloyat IIB JQB bo‘lim boshlig‘i tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 iyun' kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati