OITSga chalingan erkak sog‘lom ayolning hayotini xavfga qo‘ydi.
Shu yil 9 noyabr' kuni viloyat IIB JQB Giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish guruhi UMIB tezkor vakili tomonidan Uychi tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan viloyati OITSga qarshi kurashish markaziga hisobga olinib, unga yashash hayoti davomida donor sifatida qon topshirmasligi, donor sifatida qon va boshqa to‘qimalarni boshqa shaxslarga bermasligi, turmush o‘rtog‘idan boshqa ayollar bilan jinsiy aloqada bo‘lmasligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan bo‘lsada, ushbu talablarga rioya qilmagan holda jinoiy javobgarlikka tortlishi haqida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, shu yil oktyabr' oyi boshidan 3 noyabr' kunigacha, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan ayol bilan Namangan shahrida yashab, u bilan jinsiy aloqada bo‘lib kelib, unga OIV kasalligi (OITS)ni yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 16 noyabr' kuni O‘z.R JKning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati