7 Yanvar 2023 yil 862

Oila-turmush munosabatlarida huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi

Uychi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan maʼmuriy hududlarda oilaviy-maishiy hayotda yuzaga kelgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, ayniqsa, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish, oila-turmush munosabatlari doirasida shaxsga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarliklarning sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish borasida fuqarolik jamiyati institutlari va keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlikdan jabrlangan hamda oila-turmush sohasida huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar bilan “xonadonbay” tizimi asosida tarbiyaviy profilaktik ishlarni amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech