12 Aprel 2021 yil 368

Og‘u savdogari jinoyat ustida ushlandi.

Joriy yil 6 aprel kuni soat 17:30 larda, viloyat IIB va shahar IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar Chorsu mahallasi hududida boshqa bir fuqaroga 1.050.000 so‘m pul evaziga o‘tkir hidli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida, ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,03 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech