O‘g‘rining rejasini qorovul puchga chiqardi.
Shu yil 8 dekabr' kuni To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TBda to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi shaxs shu yil 8 dekabr' kuni “Xo‘jand dehqon bozori” oldida turgan fuqaroga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomashina atrofida hech kim yo‘qligidan foydalanib, avtomashina chap tomon o‘rta eshigini derazasini ochishga harakat qilayotgan vaqtida, shu avtomashinalarga qorovullik qilayotgan fuqaro ko‘rib qolganligi sababli o‘zining jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda yakuniga yetkaza olmay, o‘g‘irlik jinoyatiga suiqasd qilgan vaqtida ushlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, shu kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Xo‘jand dexqon bozori”ga bozorlik qilish maqsadida kelgan ayolning sumkasida bo‘lgan 100.000 so‘m pul, fuqarolik pasporti va 4 dona plastik kartochkasi bo‘lgan karmonini o‘g‘irlab ketganligi aniqlanib, ushbu buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 8 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati