22 Aprel 2023 yil 245

O‘g‘rini barmoq izlari fosh etdi.

Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14 aprel kunidan 17 aprel kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan nomaʼlum shaxs hovlisiga devor oshib kirib, yotoqxonasida bo‘lgan narxi 2.000.000 so‘mlik «JAK» rusumli tikuv mashinasini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB katta eksperti tomonidan hodisa joyidan olingan 8 dona qo‘l barmoq izlari viloyat IIB EKMdagi “shaxsni identifikatsiya qilish tizimi”da tekshirilganda izlarning 2 donasi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroning o‘ng qo‘l ko‘rsatgich va o‘rta barmoqlari iziga mos kelishligi aniqlandi. Yangi Namangan tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida barmoq izlari egasi ushlanib, daliliy ashyo («JAK» rusumli tikuv mashinasi) olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech