O‘g‘ri sotuvchi bo‘lib chiqdi.
Shu yil 7 noyabr' kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, o‘zi savdo qiladigan To‘raqo‘rg‘on tumani Toshkent mahallasida joylashgan “Soxil-Savdo” majmuasidagi savdo do‘konida bo‘lgan jomadonidan 300 AQSh dollari va 6.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi ushbu savdo do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlaydigan shaxs sodir etganligi aniqlandi va daliliy ashyolar olindi. Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati