O‘g‘ri rejasini oxiriga yetkaza olmadi, biroq, unga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2021 yil 5 sentyabr' kuni, Norin tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 07:30 larda noma'lum shaxs, “Haqqulabod dehqon bozori”da ketayotgan vaqtida yonida bo‘lgan ayollar sumkasidan narxi 500.000 so‘mlik “GALAXY-5” rusumli uyali telefon apparati va 84.000 so‘m puli bo‘lgan bank plastik kartasini o‘g‘irlab ketayotgan vaqtida ko‘rib qolgani sababli o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyatni oxiriga yetkaza olmay o‘g‘irlagan buyumlarni tashlab qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 25,169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati