3 Aprel 2021 yil 439

O‘g‘ri o‘z aybiga iqror bo‘ldi.

Joriy yil 1 aprel' kuni viloyat IIB 6-sonli THdan kelgan hujjatlarga ko‘ra, Kosonsoy tumanida yashagan, shu yil 19 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, hozirda viloyat IIB 6-sonli THda saqlanayotgan, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z aybiga iqrorlik ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 11 dekabr' kuniga o‘tar kechasi To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan go‘sht do‘koniga eshik qulfini yonida bo‘lgan otvyorka yordamida ochib, qossobxonada bo‘lgan 11.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketib, voqea joyidan yashiringan.
Bundan tashqari, u 2020 yil 29 dekabr' kuniga o‘tar kechasi To‘raqo‘rg‘on tumani Qodirobod MFY hududida joylashgan yana bir go‘sht do‘koniga oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, u yerda bo‘lgan narxi 3.375.000 so‘mlik 45 kg. go‘sht mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech