17 Fevral 2022 yil 594

O‘g‘ri begona bo‘lib chiqmadi

2022 yil 14 fevral kuni Chortoq tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 19:00 larda qo‘shni bo‘lib yashovchi opasining yashash xonadoni yotoqxonasida bo‘lgan temir seyf va ichida bo‘lgan 16.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlari hamda opasini uy hujjatlari, fuqarolik pasporti va 700.000 so‘m pullarini noma'lum shaxs, o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chortoq tuman IIB IIB JQB boshlig‘i va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni ayolning 1984 yilda tug‘ilgan qayinukasi sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech