O‘g‘ri avtomashinani buzib, pullarni o‘g‘irladi
Shu yil 9 dekabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 8 dekabr' kuniga o‘tar kechasi o‘zining boshqaruvida bo‘lgan MChJga tegishli Damas rusumli avtomashinani yashash uyi oldida qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashina o‘ng tomon orqa eshik oynasini buzib, qo‘li bilan ochib, salonda bo‘lgan 300.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namanga shahrida yashovchi, 2019 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati