O‘g‘ri aniqlandi, velosiped egasiga qaytarildi
2021 yil 19 oktyabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18 oktyabr' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyi hovlisida bo‘lgan narxi 500.000 so‘mlik “Ural” rusumli velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tuman IIB JQB tezkor vakili, va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harkatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod TIIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati