23 Sentyabr 2020 yil 585

O‘g‘irlikni sodir etganlar qo‘lga olindi.

Shu yil 19 sentyabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 08:30 larda, tumandagi Bekobod mahallasida joylashgan “Bekobod dehqon bozori” hududida noma'lum shaxs, qo‘lida bo‘lgan oq politelin paketni (olmos) bilan kesib, paket ichida bo‘lgan 9.000.000 so‘m  pullarini olmoqchi  bo‘lgan vaqtida ushlab olganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB xodimlari olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2015 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro va Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2014 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1982 yilda tug‘ilgan fuqarolar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Daliliy ashyo (ikki tomoni kesilgan o‘tkir kesuvchi lezviya) olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonida 2020 yil 22 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech