14 May 2021 yil 368

O‘g‘irlikni sodir etgan 18 yoshli shaxs qo‘lga olindi.

2021 yil 11 may kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 11 may kuniga o‘tar kechasi Kosonsoy tumanida joylashgan paynet shahobchasiga eshigi ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, narxi 1.500.000 so‘mlik “Aser” rusumli noutbuk va narxi 800.000 so‘mlik “Samsung-S2” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Kosonsoy tumani IIB JQB tezkor vakili, TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu xolat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 may kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech