O‘g‘irlikni ayol kishi sodir etgani aniqlandi.
Joriy yil 24 aprel' kuni, Namangan shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni noma'lum shaxs, Davlatobod tumani “Umid” mahallasida joylashgan “Yashil dehqon bozori” hududidagi savdo rastasidan umumiy narxi 275.000 so‘mlik 1 dona A6 nomli quloqchin hamda 1 dona “MI” rusumli akkumulyatorini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati IIB JQB kichik tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati