O‘g‘irlikka qo‘l urgan shaxslar qo‘lga olindi.
2020 yil 27 noyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 25 noyabr' kuni soat 23:00 larda ko‘chasida joylashgan mini marketda hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, do‘kon eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, 2.000.000 so‘m pulini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB HPB profilaktika inspektori, JQB tezkor vakili va TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 1 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 29 noyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 noyabr' kuni soat 11:00 larda noma'lum shaxs, ishxonasiga kirib uni e'tiborsizligidan foydalanib, stol ustidan 1 dona narxi 700.000 so‘mlik Redmi-5 rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natajasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 1 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 30 noyabr' kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 noyabr' kuni soat 14:30 larda noma'lum shaxs, Uychi tumanida joylashgan avtomashinalarni ta'mirlash ustaxonasi oldida qarovsiz qoldirgan narxi 1.500.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Uychi tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natajasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 1 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati