26 Iyul 2023 yil 194

O‘g‘irlik sodir etgan shaxs IIB xodimlari tomonidan ushlandi

2023-yil 21-iyul kuni Uychi tumanida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 14:30 larda nomaʼlum shaxs Namangan shahar Yangi Namangan tumanida joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lgan penablok ishlab chiqarish sexidan narxi 2.500.000 so‘mlik 1 dona kompressor va 1 dona suv matorini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Uychi tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va undan ashyoviy dalil olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech