O‘g‘irlangan velosiped topildi.
Joriy yil 18 sentyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 17 sentyabr' kuni soat 17:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod MFY G‘alaba ko‘chasida joylashgan “Xumo” nomli oshxonasi oldida qarovsiz qoldirgan, narxi 1.600.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 18 sentyabr' kuni O‘z.R. JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati